Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 86 Bob

tez o'tish:

1 Ko‘rax naslining sanosi. Qo‘shiq.

2 Egamiz yaratgan shahar muqaddas tog‘da turibdi, Yoqub naslining barcha maskanlaridan ko‘ra, Egamiz Quddus darvozalarini ko‘proq sevadi.

3 Ey Xudoning shahri! Sen to‘g‘ringda Xudo ajoyib so‘zlar aytgan:

4 “Meni e’tirof etadiganlar orasida Misrni, Bobilni, Filistiyani, Tir bilan Habashistonni ham qayd qilaman. Odamlar ularni ham: ‘Quddusda tug‘ilgan’, deb aytadi.”

5 Ha, Quddus haqida odamlar shu so‘zni aytadi: “Har biri o‘sha yerda tug‘ilgan, Xudoyi Taoloning O‘zi Quddusni mustahkam qiladi.”

6 Egamiz xalqlarning ro‘yxatini tuzib: “Bu odam ham Quddusda tug‘ilgan”, deb yozadi.

7 Xonish qilib, raqs tushib ular: “Hayotim manbayi Sendadir”, deb aytadi.