1 Benyamin qabilasidan bo‘lgan Kushning qilmishlari tufayli Dovudning Egamizga aytgan marsiyasi.
2 Senda panoh topaman, ey Egam Xudo, Payimga tushganlardan xalos et, qutqar meni.
3 Yo‘qsa, ular meni sherday g‘ajib tashlaydi, Burda–burda qiladi, hech kim meni qutqarolmaydi.
4 Ey Egam Xudo! Agarda kimgadir nohaqlik qilgan bo‘lsam,
5 Do‘stimni dushmaniga sotgan bo‘lsam mabodo, G‘animimni sababsiz talagan bo‘lsam, Ha, agarda u ishlarni qilgan bo‘lsam,
6 Dushmanlarim ta’qib qilsin, tutsin meni, Tanamni tuproqqa qorsin, Jasadimni yerga tashlasin.
7 Qani, g‘azabingni sochgin, ey Egam! Qo‘zg‘al yovlarimning qahriga qarshi! Ko‘rib, adolat qilgin!
8 Xalqlarni atrofingga to‘plagin, Balanddagi taxtingda o‘tirib, Ular ustidan hukmronlik qilgin.
9 Xalqlarni hukm qil Sen, ey Egam, Ey Egam, mening ham yuzimni yorug‘ qil, Bilasan–ku, solihman, begunohman.
10 Fosiqlarning yovuzligi barham topsin, Solihlar barqaror bo‘lsin. Ongu yuraklarni sinaguvchi Sensan, Ey odil Xudo!
11 Mening qalqonimdir Xudo, Pokdillarga U najot beradi.
12 Adolatli hakamdir Xudo, Qabihga U doim g‘azabini sochadi.
13 Agar inson tavba qilmasa, Xudo qilichini charxlaydi, Kamonini tayyor qilib turadi.
14 Qirg‘in qurollarini shay qilib qo‘ygan, Olovli o‘qlarini tayyorlab qo‘ygan.
15 Ana, qabihlar qabihlikdan urug‘ orttiradi, Dardu balolardan homilador bo‘ladi, Oxir–oqibatda yolg‘onni tug‘adi.
16 Ular chuqur qaziydilar, Ammo chohga o‘zlari qulaydilar.
17 Ularning dardu balosi o‘ziga qaytadi, Zo‘ravonligi o‘zlarining boshiga yetadi.
18 Egamizga, adolating uchun shukr, deyman. Xudoyi Taolo — Egamizga hamdu sano kuylayman.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150