1 Dovud ibodati. Tinglagin, ey Egam, javob ber menga, Men muhtoj hamda yo‘qsilman.
2 Taqvodorman, jonimni asragin, Senga umid qilaman, men, qulingni qutqargin. Sen mening Xudoyimsan.
3 Shafqat qilgin menga, ey Rabbiy, Kun bo‘yi senga iltijo qilmoqdaman.
4 Men, qulingga shodlik baxsh etgin, Ey Rabbiy, men Senga yuragimni ochaman.
5 Sen, ey Rabbiy, yaxshi, kechirimlisan, Senga iltijo qilganlarga Sodiq sevgingni ko‘rsatasan.
6 Ibodatimga quloq sol, ey Egam, Shafqat so‘rab qilgan iltijoimga diqqat qil.
7 Og‘ir kunda Senga iltijo qilaman, Iltijolarimga Sen javob berasan.
8 Ey Rabbiy, xudolar orasida Hech qaysisi Senga o‘xshamaydi, Bironta buyuk ishni Seniki bilan qiyoslab bo‘lmaydi.
9 Jamiki xalqlarni Sen yaratgansan, Ey Rabbiy, ular kelib, Senga ta’zim qiladi, Nomingga shuhrat keltiradi.
10 Zero, Sen buyuksan, mo‘jizalar ko‘rsatasan, Sen tanho Xudosan.
11 Yo‘lingni menga ko‘rsat, ey Egam, Toki to‘g‘ri so‘qmoqlaringdan yuray, Menga sobit qalb bergin, Men Sendan qo‘rqayin.
12 Ey Rabbim Xudo, butun yuragim ila Senga shukr aytayin! To abad Sening nomingni ulug‘layman.
13 Menga bo‘lgan sodiq sevging g‘oyat buyukdir, O‘liklar diyoridan jonimni qutqargansan.
14 Ey Xudo, takabburlar menga hujum qilmoqda, Zo‘ravonlar to‘dasi jonim payiga tushgan. Ular Senga aslo e’tibor bermaydi.
15 Sen, ey Rabbiy, rahmdil va inoyatli, Jahli tez chiqmaydigan Xudosan, Sodiq sevging mo‘ldir.
16 Holimga boq, mehr–shafqat qil, Men qulingman, o‘z cho‘ringning o‘g‘liman. Menga qudratingdan ato qil, Meni qutqargin.
17 Marhamating alomatini menga ko‘rsatgin, Toki g‘animlarim buni ko‘rib, sharmanda bo‘lsin. Meni qo‘llab, tasalli bergansan, ey Egam.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150