Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 114 Bob

tez o'tish:

1 Egamni sevaman, U meni eshitadi, Mening iltijolarimni U tinglaydi.

2 Quloq berib meni tinglagani uchun Umrim bo‘yi Egamga iltijo qilaman.

3 Meni o‘lim to‘rlari o‘rab oldi, O‘liklar diyorining azoblari boshimga tushdi, Meni bosdi dardu g‘am, alamlar.

4 Shunda Egamga iltijo qildim: “Ey Egam, yolvoraman, meni qutqar!”

5 Egamiz mehribon, odildir, Xudoyimiz rahmdildir.

6 Egamiz sodda insonlarni himoya qiladi, Xavf–xatarda qolganimda, U meni qutqaradi.

7 Ey jonim, yana xotirjam bo‘lgin, Egam menga ezgulik qilgan.

8 Egam jonimni o‘limdan qutqarib qoldi, Ko‘zlarimni yosh to‘kishdan, Oyog‘imni qoqilishdan qutqardi.

9 Tiriklar diyorida ekanman Egamning yo‘lidan yuraveraman.