1 Ijrochilar rahbariga. Sakkiz torli asbob jo‘rligida. Dovud sanosi.
2 Ey Egam! G‘azab bilan menga tanbeh bermagin, Qahring sochib, menga jazo bermagin.
3 Ey Egam, madorim yo‘q, rahm qil menga, Suyaklarim zirqiraydi xastalikdan, Ey Egam, shifo ber menga.
4 Azob chekmoqda jonim, Qachongacha kuttirasan, ey Egam, qachongacha?
5 Kel endi, ey Egam, qutqar jonimni, Sodiq sevging haqi ozod qil meni.
6 Axir, o‘lganda eslamas hech kim Seni, O‘liklar diyorida kim shukr qilar Senga?!
7 Oh–voh qilaverib charchadim, Tunlari ko‘z yoshlarim tufayli o‘rnim ho‘l bo‘ldi, Yig‘laganimdan to‘shagim shalabbo bo‘ladi.
8 Ko‘zlarim nuri so‘ndi g‘amdan, Zaiflashdi ko‘zlarim dushmanlarim dastidan.
9 Yo‘qolinglar ko‘zimdan hammangiz, ey badkirdorlar! Nola–yig‘ilarimni Egam eshitdi.
10 Egam eshitdi mening iltijoimni, Egam qabul qiladi mening ibodatimni.
11 Jamiki dushmanlarim uyalib qoladi, Hammasi vahimaga tushib qoladi, O‘sha on sharmanda bo‘lib, qaytib ketadi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150