Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 117 Bob

tez o'tish:

1 Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

2 Isroil xalqi shunday aytsin: “Uning sodiq sevgisi abadiydir.”

3 Horun avlodi shunday aytsin: “Uning sodiq sevgisi abadiydir.”

4 Egamizdan qo‘rqqanlar shunday aytsin: “Uning sodiq sevgisi abadiydir.”

5 Kulfatda qolganimda Egamga iltijo qildim, Javob berib, U meni ozod qildi.

6 Egam men bilan birga, shu bois qo‘rqmayman. Insonlar menga nima qila oladi?!

7 Egam men bilan birga, U menga madad beradi, Ko‘zlarim dushmanlarim mag‘lubiyatini ko‘radi.

8 Insondan umid qilgandan ko‘ra, Egamizdan panoh izlash yaxshidir.

9 Shahzodalardan umid qilgandan ko‘ra, Egamizdan panoh izlash yaxshidir.

10 Dushman xalqlar o‘rab olgan atrofimni, Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.

11 Har tarafdan o‘rab, menga hujum qilgandi, Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.

12 Atrofimni arilarday o‘rab oldilar, Tikan alangasiday lov etdilar–da, o‘chdilar, Egamning qudrati bilan ularni uloqtirdim.

13 Meni qattiq turtganlarida, yiqilayozdim, Egam menga madad berdi.

14 Egam mening kuch–qudratimdir, U mening qutqaruvchimdir.

15 Solihlarning chodirlarida Shodlik, zafar qo‘shiqlari jaranglaydi: “Egamizning o‘ng qo‘li mag‘lub qiladi.

16 Egamizning o‘ng qo‘li baland ko‘tariladi, Ha, Egamizning o‘ng qo‘li mag‘lub qiladi.”

17 Men o‘lmayman. Ha, men yashayman, Egamning ishlarini naql qilaman.

18 Egam meni qattiq jazoladi, Lekin o‘lishimga yo‘l qo‘ymadi.

19 Adolat darvozalarini menga ochinglar, Toki men darvozadan kirib, Egamga shukronalar aytayin.

20 Bu Egamizning darvozasidir, Solihlar shu darvozadan kirsin.

21 Ey Egam, ibodatimga javob berganing uchun, Mening najotkorim bo‘lganing uchun Senga shukrona aytaman.

22 Binokorlar rad etgan tosh Binoning tamal toshi bo‘ldi.

23 Bu Egamizning qilgan ishidir, Ko‘z oldimizdagi ajoyibotdir.

24 Egamiz yaratgan kundir bu, Bu kunda shod bo‘lib, sevinaylik.

25 Najot ber bizga, yolvoramiz, ey Egam! Yolvoramiz, omad ber bizga, ey Egam!

26 Egamiz nomi bilan keladigan zot baraka topsin, Egamiz uyidan turib, seni duo qilamiz.

27 Egamiz Xudodir, U bizga nur bergan. Bayram nishonlashni boshlang! Palma shoxlarini olib, qurbongoh oldiga boring.

28 Sen Xudoyimsan, Senga shukr aytaman, Sen Xudoyimsan, Seni ulug‘layman.

29 Egamizga shukrona ayting, U yaxshidir, Uning sodiq sevgisi abadiydir.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150