1 Dovud sanosi. Egamizga hamdlar ayting, ey ilohiy zotlar, Egamizning qudratiyu shuhratiga hamdlar o‘qing.
2 Egamizning sharafiga hamdlar o‘qing, Muqaddas libosda Egamizga sajda qiling!
3 Egamizning ovozi suvlar uzra eshitiladi, Ulug‘vor Xudo guldirab sado beradi. Ha, azim suvlar uzra Egamiz guldirab sado beradi.
4 Egamizning ovozi qudratlidir, Egamizning ovozi haybatlidir.
5 Egamizning ovozi sadr daraxtlarini qulatadi, Hatto Lubnondagi sadr daraxtlarini parchalab tashlaydi.
6 Lubnon tog‘larini Egamiz buqaday sakratadi, Ha, Xermon tog‘ini yovvoyi buzoqday sakratadi.
7 Egamizning ovozi chaqmoq chaqtiradi,
8 Egamizning ovozi sahroni titratadi, Egamiz Kadesh sahrosini larzaga soladi.
9 Egamizning ovozi ulkan daraxtlarni egib yuboradi, O‘rmonlarni yalang‘ochlab, shilib yuboradi, “Egamiz ulug‘vordir”, deb Ma’badida hamma kuylaydi.
10 Egamiz to‘fon uzra taxt qurgan edi, Egamiz abadiy Shoh kabi taxt qurgan.
11 Egamiz O‘z xalqiga kuch ato etsin, O‘z xalqiga tinchlik bilan baraka bersin.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150