Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 5 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Nay jo‘rligida. Dovud sanosi.

2 So‘zlarimga quloq tut, ey Egam! Diqqat qilgin nolalarimga.

3 Eshitgin, madad so‘rab iltijo etaman, Sen ham Shohimsan, ham Xudoyimsan! Shu bois Senga ibodat qilaman.

4 Ey Egam! Tong chog‘i ovozimni eshitasan, Subhidamda Senga yolvoraman, Sendan javob kutaman.

5 Qabihlikdan mamnun bo‘lmaydigan Xudosan Sen, Senga mehmon bo‘lolmas gunohkor inson.

6 Takabburlar huzuringda tura olmaydilar, Hamma badkirdorlarni Sen yomon ko‘rasan.

7 Yolg‘on gapiradiganlarni Sen qirib tashlaysan, Ey Egam, qonxo‘r, yolg‘onchilardan Sen jirkanasan.

8 Men esa sodiq sevging mo‘lligi sabab Sening uyingga kiraman. MuqaddasMa’badingda ta’zim qilaman, Qo‘rquv ila Senga sajda qilaman.

9 Naqadar dushmanlarim ko‘p, ey Egam, Odilliging bilan meni so‘qmog‘ingdan yetakla, O‘z yo‘llaringni menga ravshan qil.

10 Dushmanlarim og‘zidan haqiqat chiqmaydi, Ularning yuraklari balo–ofatdir. Og‘izlari ochilgan qabr kabidir, Tillari xushomad qiladi.

11 Ey Xudo, ular gunohkordir, jazolagin! Niyatlari o‘zlarining boshiga yetsin. Ular Senga qarshi isyon qilganlar. Gunohlari ko‘pligi uchun ularni haydab yuborgin.

12 Senda panoh topganlarning hammasi sevinsin, To abad shodlikdan ular kuylasin. Ularni Sen himoya qilganing uchun, Seni sevganlar sevinch ila jo‘shsin.

13 Ey Egam! Sen solih kishilarga baraka berasan, Sening himmating ularni qalqonday himoya qiladi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150