Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 22 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Egam Mening cho‘ponimdir. Muhtojlik ko‘rmasman.

2 Yam–yashil yaylovlarda U menga orom beradi, Sokin irmoqlar bo‘yida U meni yetaklaydi.

3 U menga qayta kuch baxsh etadi. O‘zining nomi haqi–hurmati Meni to‘g‘ri so‘qmoqlardan yetaklaydi.

4 Ey Egam! Hatto zulmat vodiysida yursam ham, Xavf–xatardan qo‘rqmayman, Axir, Sen men bilan birgasan. Sening cho‘pon tayog‘ing, Xiviching meni himoya qiladi.

5 Dushmanlarimning ko‘z o‘ngida Men uchun dasturxon tuzaysan. Boshimga moy surtib, Sen meni hurmat bilan kutib olasan. Mening kosam ham to‘lib–toshgan.

6 Umrim bo‘yi faqat inoyatu shafqating izimdan yuradi, Ey Egam, Sening uying to abad mening maskanim bo‘ladi.