1 Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytilgan. Dovud qo‘shig‘i.
2 Ey hukmdorlar! Nahot siz adolatli qaror chiqarasiz?! Nahot sizlar to‘g‘rilik ila xalqlarni hukm qilasiz?!
3 Yo‘q, axir, yuraklaringiz adolatsizlikka to‘la– ku! Yer yuzida qo‘llaringiz zo‘ravonlikni taqsimlaydi–ku!
4 Fosiqlar onasining qornidayoq adashadi, Yolg‘onchilar tug‘ilishdanoq yo‘ldan ozadi.
5 Ularning zahri ilonning zahriga o‘xshaydi, Kar ilonga o‘xshab quloqlarini berkitadi.
6 Ilon o‘ynatuvchilar kuyini eshitmaydi, Mohir afsungarni aslo eshitmaydi.
7 Sindir ularning tishlarini, ey Xudo, Sug‘urib ol shervachchalarning qoziq tishlarini, ey Egam!
8 Ular oqar suvday yo‘q bo‘lib ketsin, Ularning o‘qlari nishonga tegmaydigan bo‘lsin.
9 Balchiqqa botib ketgan shilliq qurtday bo‘lsin, Onasi qornidan o‘lik tug‘ilib, Hech qachon quyosh ko‘rmagan chaqaloqday bo‘lsin.
10 Yonayotgan tikan qozonni tez qizdirganday Fosiqni shunchalik tez supurib yo‘q qilgin.
11 Fosiqdan o‘ch olinganda, solih sevinadi, Ularning qonida solih oyoqlarini yuvadi.
12 Odamlar aytar: “Shubhasiz, solihga mukofot bordir, Yer yuzida hukm qiluvchi Xudo albatta bordir.”
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150