Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 132 Bob

tez o'tish:

1 Dovudning ziyorat qo‘shig‘i. Naqadar yaxshidir, yoqimlidir Birodarlar birga ahil yashasalar.

2 Ahillik Horunning boshiga surtilib, Soqoligacha oqib tushgan qimmatbaho moydaydir, Kiyimlari yoqasidan oqib tushgan moy kabidir.

3 Sion tog‘lariga keladigan baraka Xermon tog‘idagi mo‘l shabnamga o‘xshaydi. Siondan Egamiz O‘z barakasini va abadiy hayotni beradi.