1 Ijrochilar rahbariga. “Xarob etma” kuyiga aytilgan. Dovudning Shouldan qochib, g‘orga kirganda aytgan qo‘shig‘i.
2 Ey Xudo, rahm qilgin menga, rahm qil, Mening jonim Senda panoh topadi. Halokatli ofatlar o‘tib ketguncha Men qanotlaring soyasida panoh topaman.
3 Yolvoraman Xudoyi Taologa, Men uchun qasos oluvchi Xudoga.
4 Samodan najot yuborib, U meni qutqaradi, Meni toptaydiganlarni sharmanda qiladi. Xudo O‘z sevgiyu sadoqatini yuboradi.
5 Men odam yeydigan sherlar orasida yotgandayman. Ularning tishlari nayzayu o‘q kabidir, Ularning tillari keskir qilichdaydir.
6 Ey Egam, falakdan ham yuqorida yuksalaver! Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.
7 Dushmanlarim oyoqlarimga tuzoq qo‘ygan, Qayg‘u–kulfatdan ruhim cho‘kkan. Ular so‘qmoqlarimda chuqur qazidi, O‘zlari qazigan chuqurga o‘zlari quladi.
8 Ey Xudo, yuragim Senga sodiq, Ha, yuragim Senga sodiqdir! Seni kuylab, qo‘shiq aytaman.
9 Uyg‘ongin, ey jonim! Uyg‘on, ey arfa, lira! Tongni ham men uyg‘otaman!
10 Ey Rabbiy, xalqlar orasida Senga shukrona aytaman, Ellar orasida Senga hamdu sano kuylayman.
11 Sodiq sevging samolarday yuksakdir, Sadoqating bulutlarga cho‘zilgandir.
12 Ey Xudo, falakdan ham yuqorida yuksalaver! Shuhrating butun zamin uzra yoyilsin.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150