Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 11 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Sakkiz torli asbob jo‘rligida. Dovud sanosi.

2 Najot bergin bizga, ey Egam! Taqvodor bir inson qolmadi, Senga sodiq inson yo‘q bo‘lib ketdi.

3 Hamma bir–biriga yolg‘on so‘zlaydi, Xushomadgo‘ylik bilan bir–birini aldaydi.

4 Xushomadgo‘y tillarni Egamiz kesib tashlasin, Maqtanchoq og‘izlarni U qirib tashlasin.

5 Axir, ular: “Og‘zimiz bilan erishamiz har narsaga, Tilimiz o‘zimizniki, kim xo‘jayin bizga?!” — deb aytadi.

6 Egamiz aytmoqda: “Muhtoj ezilib ketdi, Bechora nola qildi. Endi qo‘zg‘alaman, O‘zlari intilgan najotga yetkazaman.”

7 Egamizning va’dalari g‘oyatda pokdir, Uning so‘zlari o‘choqda Yetti karra tozalangan kumushga o‘xshaydi.

8 -

9 Har tarafda qabihlar daydib yuradi, Har yoqda odamlar yomonlikni maqtab yuradi. Ey Egam! Bulardan bizlarni saqlagaysan, To abad bu nasldan bizni himoya qilgaysan.