Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 92 Bob

tez o'tish:

1 Egamiz shohdir, U ulug‘vorlikka burkangan, Ulug‘vorlikka burkanib, qudrat bilan qurollangan. Olamni mustahkam o‘rnatgan, olam aslo tebranmas.

2 Sening taxting qaror topgan azaldan, Sen O‘zing mavjudsan azaldan.

3 Dengizlar guvullamoqda, ey Egam, Dengizlar hayqirmoqda, ey Egam, Dengizlar to‘lqinlarini ko‘tarmoqda.

4 Yuksakdagi Egamiz dengiz to‘lqinlaridan ham qudratliroqdir, Bahaybat suvlarning pishqirishidan ham qudratliroqdir.

5 Sening farmonlaring sobitdir, Uyingga muqaddaslik ziynatdir Abadulabad, ey Egam!