Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 59 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. “Nilufar gul shahodati” kuyiga aytilgan.

2 Ta’lim uchun. Dovud Oram–Naxrayim va Oram–Zo‘vo xalqi bilan jang qilgandan keyin Yo‘ab qaytib kelib, o‘n ikki ming edomlikni Tuz vodiysida o‘ldirganda, Dovudning aytgan qo‘shig‘i.

3 Ey Xudo, bizni tark etding, Mudofaamizni yorib o‘tding, Bizdan g‘azablanding, Endi bizni oldingi holimizga qaytargin!

4 Yerni silkitding, yoriqlar ochding, Yoriqlarni tuzatgin, yer tebranmoqda.

5 Xalqingga ko‘p azoblar berding, Kalovlanib yursin, deb ichgani sharob berding.

6 Ular kamon o‘qlaridan yashirinib olsin, deya O‘zingdan qo‘rqqanlarga ishora berib, bayroq ko‘rsatasan.

7 O‘ng qo‘ling ila g‘alaba ato qilgin, Bizga javob bergin, O‘zingning sevganlaring najot topsin.

8 Ey Xudo, O‘z muqaddas makoningdan va’da bergansan: “Shodlanib, Shakamni bo‘lib tashlayman, Suxo‘t vodiysini taqsimlab beraman.

9 Gilad Menikidir, Manashe Menikidir, Efrayim dubulg‘amdir, Yahudo saltanat hassamdir.

10 Mo‘ab Mening qo‘lyuvgichimdir, Edom uzra chorig‘imni otaman, Olqishla meni, ey Filistlar!”

11 Eh, qaniydi mustahkam shaharga meni olib borsalar, Edomga meni boshlab borsalar.

12 Ey Xudo, axir, bizni O‘zing rad etding–ku! Lashkarimizga yo‘lboshchilik qilmayapsan–ku endi!

13 Dushmandan qutqarib, bizga yordam ber, Insonning yordami butunlay behuda.

14 Ey Xudo, Sen bilan biz g‘olib bo‘lamiz, Dushmanlarimizni Sen yanchib tashlaysan.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150