1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida. Osifning sanosi. Qo‘shiq.
2 Yahudo yurtida Xudo mashhurdir, Isroilda Uning nomi buyukdir.
3 Uning chodiri Quddusdadir, Makoni Siondadir.
4 O‘sha yerda sindirdi otashday o‘qlarni, Qalqonu qilichni, jang qurollarini.
5 Ey Xudo, naqadar buyuksan! O‘ljaga boy tog‘lardan Sen ulug‘vorsan!
6 Jasur askarlar o‘lja bo‘lib yotibdi, Ular o‘lim uyqusiga ketgan. Bironta jangchining Qo‘l ko‘tarishga kuchi qolmadi.
7 Ey Yoqubning Xudosi! Sening hayqirig‘ingdan, Otlaru chavandozlar karaxt bo‘lib yotibdi.
8 Chindan ham Sen qo‘rqinchlisan, Kim bardosh bera olar Sening qarshingda, G‘azabing qo‘zg‘algan paytda?!
9 Samolardan hukmingni e’lon qilding!
10 Ey Xudo! Sen hukm qilay, deb, Olamdagi mazlumlarni qutqaray, deb qo‘zg‘alding. Shunda yer yuzi qo‘rqib sukutda qoldi.
11 Insonga bo‘lgan g‘azabing O‘zingga hamdu sano keltirar, G‘azabingdan qutulganlarni atrofingga to‘playsan,
12 Egangiz Xudoga ontingizni ado qilinglar, Qo‘rqinchli Xudoga atrofidagilari Hadyalar olib kelsinlar!
13 Xudo takabbur shahzodalarni bo‘ysundirib oladi, Yer yuzi shohlarini qo‘rquvga soladi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150