1 Ey olam, Egamizni tarannum eting! Egamizga yangi bir qo‘shiq ayting.
2 Egamizni tarannum eting, Unga olqishlar bo‘lsin, Har kun Uning najotidan so‘ylang.
3 E’lon qiling elatlar orasida Uning shuhratini, Jamiki xalqlar orasida Uning ajoyibotlarini.
4 Egamiz buyukdir, ko‘p maqtovga loyiqdir, Jamiki xudolardan U izzatlidir.
5 Zotan, xalqlarning hamma xudolari butlardir, Egamiz esa samolarni yaratgandir.
6 Shuhratu ulug‘vorlik Uning huzuridadir, Qudratu go‘zallik Uning Muqaddas maskanidadir.
7 Egamizga hamdlar ayting, ey zamin xalqlari! Egamizning qudratiyu shuhratiga hamdlar o‘qing!
8 Egamizning sharafiga hamdlar o‘qing! Nazrlar keltirib, Uning hovlisiga kiring!
9 Muqaddas libosda Egamizga sajda qiling! Ey zamin ahli, Uning oldida titrab turing!
10 Elatlar orasida aytingki: “Egamiz shohdir! Olam mustahkam o‘rnashgan, hech qachon tebranmaydi, U xalqlarni haqqoniy hukm qilar.”
11 Samolar shod bo‘lsin, zamin quvonsin, Dengizu undagi hamma jonzot guvullasin.
12 Dalalaru undagi har narsa sevinch ila jo‘shsin, Shunda o‘rmondagi hamma daraxt shodlikdan qo‘shiq aytsin.
13 Egamiz oldida ular qo‘shiq aytar, ana, U kelayotir, Zaminni boshqarmoq uchun U kelayotir, Olamni adolat ila U boshqarar, Xalqlarni O‘z haqiqati ila boshqarar.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150