Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 143 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Egamga, suyangan qoyamga olqishlar bo‘lsin, U qo‘llarimni urushga, barmoqlarimni jangga o‘rgatgan.

2 Egam mening suyangan qoyamdir, qal’amdir, U qo‘rg‘onim, xaloskorimdir. Ha, Egam mening qalqonim, Unda men panoh topaman, Xalqlarni U menga bo‘ysundiradi.

3 Ey Egam, inson zoti kimdirki, unga e’tibor bersang! Bandalar kimdirki, ular haqda o‘ylasang!

4 Inson umri og‘izdan chiqqan nafasga o‘xshar, Odamzodning hayoti o‘tkinchi soyaga o‘xshar.

5 Ey Egam, ko‘klarni yorib, pastga tushgin, Tog‘larga tekkin, ulardan tutun chiqsin.

6 Chaqmoq chaqtir, yovlarni tirqiratgin, O‘qlaringni ot, ularni sarosimaga solgin.

7 Yuqoridan uzat qo‘lingni, meni qutqargin, Azim suvlardan meni chiqarib olgin, Begonalar qo‘lidan meni qutqargin.

8 Ularning so‘zlari behuda, Qo‘lini ko‘tarib, ular yolg‘on qasam ichadi.

9 Ey Xudo, Senga yangi qo‘shiq kuylayman, O‘n torli arfa chalib Seni tarannum etaman.

10 Shohlarga Sen zafar ato etasan, Quling Dovudni shafqatsiz qilichdan qutqarasan.

11 Kelgindilarning qo‘lidan Meni xalos qil, qutqargin. Ularning so‘zlari behuda, Qo‘lini ko‘tarib, ular yolg‘on qasam ichadi.

12 O‘g‘illarimiz yoshligida yaxshi o‘sgan ko‘chatga o‘xshasin, Qizlarimiz saroyning o‘ymakor ustunlariga o‘xshasin.

13 Omborlarimiz noz–ne’matlarga to‘lib–toshsin, Qo‘ylarimiz minglab, o‘n minglab yaylovlarda ko‘paysin.

14 Ho‘kizimiz og‘ir yuklarni tortsin, Devorlarimiz darz ketmasin, Odamlarimiz surgun bo‘lmasin, Ko‘chalarimizda oh–voh, g‘amu kulfat bo‘lmasin.

15 Naqadar baxtlidir bunday insonlar! Baxtlidir Xudoni Egamiz deb bilgan xalq!

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150