Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 128 Bob

tez o'tish:

1 Ziyorat qo‘shig‘i. Isroil shunday deb aytsin: “Ular yoshligimdan menga ko‘p zulm o‘tkazib keldi.

2 Ha, yoshligimdan menga zulm o‘tkazib kelgan, Ammo meni yenga olmaganlar.

3 Go‘yo qo‘shchilar kiftimga qo‘sh solib, Jo‘yaklarini uzun qilganday bo‘ldi.

4 Egamiz adolatparvardir, Fosiqlarning arqonini qirqib, meni ozod qildi.”

5 Quddusdan nafratlanganlarning hammasi Sharmanda bo‘lib, ortiga qaytsin.

6 Tom ustidagi o‘tlarga o‘xshasin ular, O‘smasdan oldin qurib qolsinlar.

7 Bunday o‘tga o‘roqchilarning hovuchi to‘lmaydi, Bog‘lovchilarning quchog‘i to‘lmaydi.

8 O‘tgan–ketganlar ularga: “Egamiz sizlarga baraka bersin, Egamiz nomi bilan sizlarni duo qilamiz!” deb aytmasin.