1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.
2 Yomonlardan meni qutqar, ey Egam, Zo‘ravonlardan himoya qil meni.
3 Ular yuraklarida qabihlikni qasd qiladi, Doimo urush–janjallarni qo‘zg‘aydi.
4 Ular tillarini ilonday o‘tkir qiladi, Tillaridan ilon zahri tomadi.
5 Ey Egam, meni qabihlarning qo‘lidan qutqar, Yiqitmoqchi bo‘lgan zo‘ravonlardan meni himoya qil.
6 Takabburlar men uchun tuzoq qo‘yganlar, Ular to‘rlarining iplarini yoyganlar, Yo‘lim bo‘ylab menga qopqon qo‘yganlar.
7 Ey Egam, Senga aytaman: “Sen Mening Xudoyimsan.” Quloq sol, ey Egam, Senga iltijo qilaman.
8 Ey Egam Rabbiy, qudratli najotkorim! Jang kunida boshimni omon saqlading.
9 Ey Egam, fosiqning istagini bajo qilmagin, Ularning qabih rejalariga omad bermagin, Ular mag‘rurlanib ketmasin.
10 Atrofimni o‘rab olganlarning tahdidlari, O‘zlarining boshiga kelsin.
11 Yonayotgan ko‘mir cho‘g‘i o‘zlariga yog‘ilsin, Ular olovga, iflos chuqurlarga uloqtirilsin, Aslo qaytib chiqmasin.
12 Tuhmatchilarga yurtda aslo joy bo‘lmasin, ko‘karmasin, Falokat zolimning izidan tushib, uni yo‘q qilsin.
13 Bilaman, ey Egam, mazlumni himoya qilasan, Bechoraholni adolat ila qo‘llab–quvvatlaysan.
14 Solihlar albatta Senga shukrona aytadi, To‘g‘ri insonlar huzuringda istiqomat qiladi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150