Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 148 Bob

tez o'tish:

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin samolardan, Unga hamdu sanolar bo‘lsin falaklardan!

2 Ey Uning farishtalari, Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Ey Uning samoviy lashkarlari, Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!

3 Unga hamdu sanolar bo‘lsin, ey quyosh, ey oy, Hamdu sanolar bo‘lsin Unga, nurli yulduzlar!

4 Hamdu sanolar bo‘lsin Unga, ey falaklar toqi, Ey samolar uzra joylashgan suvlar!

5 Egamizga hamdu sano aytsin ular, Egamizning amri bilan yaratilgan ular.

6 Egamiz bir farmon bilan ularni to abad joyiga o‘rnashtirdi, Bu farmon bekor qilinmaydi.

7 Yer yuzidan Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Ey jamiki tubsiz suvlar, dengiz maxluqlari,

8 Ey chaqmoq, qor, do‘l, bulutlar, Uning amriga bo‘ysunuvchi bo‘ronlar Egamizga hamdu sanolar ayting!

9 Madhiyalar ayting Unga, ey tog‘lar, jamiki qirlar, Mevali daraxtlar, jamiki sadr daraxtlari!

10 Hamdu sano ayting Unga, Ey yovvoyi hayvonlar, jamiki chorva, Sudralib yuruvchilaru uchar qushlar!

11 Madhiyalar ayting Unga, Ey zamindagi shohlar, jamiki xalqlar, Shahzodalar, zamindagi hamma hukmdorlar!

12 Unga hamdu sano ayting yigitlar, qizlar, Yoshu qari — hammangiz birga.

13 Hammasi Egamizga hamdu sano aytsin, Faqatgina Uning nomi buyukdir, Shuhrati zaminu osmondan balanddir.

14 Egamiz O‘z xalqini qudratli qildi. Taqvodorlari — qadrdoni Isroil xalqi Unga hamdu sano aytishlariga sabab berdi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150