1 Egangni olqishlagin, ey Quddus! Xudoyingga hamdu sano ayt, ey Sion!
2 Darvozalaring tambalarini U mustahkam qiladi, Ichingdagi bolalaringga U baraka beradi.
3 Shohligingga U tinchlik ato qiladi, Bug‘doyning eng yaxshisi bilan to‘ydiradi.
4 Xudo amrlarini yer yuziga yuboradi, Uning aytgan so‘zlari tez yoyiladi.
5 U qorni momiq kabi yoyadi, Qirovni kul kabi sochadi.
6 Do‘lni ushoq kabi yog‘diradi, Uning sovug‘i oldida kim bardosh bera oladi?!
7 Kalomini yuborib, Egamiz muzlarni eritadi, Shamolini esdirib, suvlar oqizadi.
8 Yoqub nasliga so‘zini ayon qiladi, Qonun–qoidalarini Isroilga bildiradi.
9 Boshqa xalqlarga Egamiz shunday qilmadi, O‘sha xalqlar Uning qonunlarini bilmaydi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150