Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 15 Bob

tez o'tish:

1 Dovud qo‘shig‘i. O‘zing saqla meni, ey Xudo! Men Senda panoh topaman.

2 Egamga aytdim: “Mening Rabbimsan, Sendan boshqa mening buyuk baxtim yo‘q.”

3 Naqadar ulug‘vordir yurtdagi taqvodorlar, Ulardan men g‘oyat zavq olaman.

4 Soxta xudolarga ergashganlarning kulfati ortadi. Ularning ichimlik nazri qon ekan, Men ularning bu nazrlariga qo‘shilmayman, Soxta xudolarning ismlarini tilga olmayman.

5 Ey Egam! Barqarorligim Sensan, Muvaffaqiyatim ham O‘zingdirsan, Kelajagimni Sen ta’minlaysan.

6 Chegara chiziqlari tushgan Men uchun huzurbaxsh joylarga, Naqadar ajoyib mulkim bor!

7 Egamni olqishlayman, U menga yo‘l ko‘rsatadi, Tunda ham qalbim menga o‘git beradi.

8 Men doim Egamni birinchi o‘ringa qo‘yaman, U o‘ng tomonimda bo‘lgani uchun Meni hech narsa qo‘zg‘ata olmas.

9 Shu bois, ey Egam, yuragim quvonchga to‘la, Jonim ham quvonadi. Tanam xavf–xatarsiz yashaydi.

10 Meni o‘liklar diyoriga tashlab ketmaysan, Bu taqvodoringni qabrda chiritmaysan.

11 Menga hayot so‘qmog‘ini O‘zing ko‘rsatasan, Huzuringda shodlik meni qamrab oladi, Menga boqiy huzur–halovatni Sen berasan.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150