Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 3 Bob

tez o'tish:

1 O‘g‘li Absalomdan qochayotgan paytda Dovudning aytgan sanosi.

2 Ey Egam! G‘animlarim naqadar ko‘pdir! Menga qarshi qo‘zg‘alganlar qanchalar ko‘pdir!

3 Ko‘plar men haqimda: “Xudodan unga najot yo‘q”, — deb aytadilar.

4 Ey Egam, Mening qalqonimsan! Shuhratim Sensan! Sen boshimni yuksaltirasan.

5 Egamizdan madad so‘rab qilaman faryod, Muqaddas tepaligidan U menga beradi javob.

6 Egamiz meni himoya etgani uchun Yotib uxlab, yana uyg‘onaman.

7 Har tomondan meni qurshab turgan O‘n minglarcha g‘animlarimdan qo‘rqmasman.

8 Qo‘zg‘algin, ey Egam! Najot ber, ey Xudoyim! Hamma g‘animlarimning yuzlariga urasan, Qabihlarning tishlarini sindirasan.

9 Ey Egam! Najot sendan keladi! Barakalaring xalqingga kelsin!