Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 125 Bob

tez o'tish:

1 Ziyorat qo‘shig‘i. Egamiz Quddusni yana farovonlikka erishtirganda, Tush ko‘rayotgan odamlarga o‘xshar edik.

2 Og‘zimiz kulgi bilan, Tillarimiz shodlik qo‘shig‘i bilan to‘la edi. Shunda xalqlar aytdilar: “Ular uchun Egamiz buyuk ishlar qildi.”

3 Ha, Egamiz biz uchun buyuk ishlar qilgandi, Biz quvonchga to‘lgandik.

4 Nagav cho‘lidagi soyliklarni qayta suvga to‘ldirganday, Ey Egam, farovonligimizni qayta tiklagin.

5 Ko‘z yosh bilan urug‘ ekkanlar Shodlik qo‘shiqlari ila hosil o‘radi.

6 Yig‘lab, urug‘ xaltasini olib boruvchilar Shodlik qo‘shiqlari bilan qaytib keladi, Don bog‘lamlarini olib qaytadi.