1 Dovud ibodati. Ey Egam, haqli da’voimni eshit, Faryodimga e’tibor ber. Hiylasiz og‘zimdan chiqqan Ibodatimga quloq tut.
2 Begunohligimni ko‘rsatgin Sen, Adolatni ko‘rsin ko‘zlaring.
3 Hatto yuragimni taftish qilib, Tunda meni sinab ko‘rsang, Agar meni imtihon qilsang, Yomon niyatni menda topa olmasding. Og‘zim gunoh qilmas, qarorim shudir.
4 Insonlar qilmishini men qilmadim, Sening amringga men itoat etdim, Zo‘ravonning yo‘llaridan o‘zimni saqladim.
5 Qadamlarim so‘qmoqlaringda sobit bo‘ldi, Oyoqlarim hech qachon toyib ketmadi.
6 Senga iltijo qilaman, ey Xudo, javob berasan, Menga quloq tutib, so‘zlarimni eshitgin.
7 Sodiqligingni zohir et ajoyib ishlar ila. Raqiblardan qochib Senga borganlarga O‘ng qo‘ling bilan najot berguvchi Sensan.
8 Meni ko‘zlaring qorachig‘iday asragin, Meni qanotlaring soyasida yashirgin,
9 Meni talaydigan fosiqlardan asragin, Atrofimda shay turgan ashaddiy yovlarimdan yashirgin.
10 Ularning yuragida shafqatga joy yo‘q, Og‘izlari bilan kiborlarcha gapiradi.
11 Ular meni ta’qib qilib, o‘rab olganlar, Yerga urmoq uchun menga ko‘zlarini tikadi.
12 Dushmanlarim meni g‘ajimoqchi bo‘lgan sherga o‘xshaydi, Pana joyda pisib yotgan shervachchaga o‘xshaydi.
13 Kel, ey Egam! Ularga qarshi yuz bur, Tiz cho‘ktirgin ularni! Qiliching ila fosiqlardan qutqargin meni!
14 Ey Egam! Qudrating ila Meni bunday insonlardan qutqargin, Ularning nasibasi faqatgina bu dunyodadir. Tayyorlab qo‘ygan achchiq ko‘rgiliklaring bilan Ularni to‘ydirgin, Hatto bolalariga ham yetsin, Nabiralari ham totib ko‘rsin.
15 Solih bo‘lganim uchun men Seni ko‘rgayman, Uyg‘onib, jamolingni ko‘rganimdan rozi bo‘lgayman.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150