Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 30 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Ey Egam, Senda men panoh topaman, Sharmanda bo‘lishimga aslo yo‘l qo‘yma, Adolatlisan, meni qutqargin.

3 Menga quloq tut, darrov qutqargin meni, Mening panoh qoyam bo‘lgin. Najot topay, mustahkam qo‘rg‘on bo‘lgin.

4 Chindan ham Sen suyangan qoyamsan, qal’amsan, O‘z noming haqi meni yetakla, yo‘l ko‘rsatgin.

5 Sen mening panohimsan. Qo‘yilgan tuzoqdan meni qutqargin.

6 Hayotimni Senga topshiraman, ey Egam, Meni qutqarding, ey sodiq Xudo.

7 Soxta xudolarni izzatlaganlarga Men nafratimni sochaman. Ey Egam, men Senga umid bog‘layman.

8 Sodiq sevging ila shod–xurram bo‘lay, Qayg‘ularimni O‘zing ko‘rgansan, Jonim azobda qolganin bilasan.

9 Meni g‘anim qo‘liga bermading, Oyoqlarimni bexavotir yerga qo‘yding.

10 Rahm qil, ey Egam, kulfatda qoldim, Ko‘zlarim qayg‘udan toldi, Jonu tanam adoyi tamom bo‘ldi.

11 Hayotim azob bilan tugaydi, Yillarim oh–voh bilan bitadi. Gunohlarimdan kuchim tugaydi, Suyaklarim qurib bitadi.

12 Dushmanlarim meni haqorat qiladi, Qo‘shnilarim mendan hazar qiladi. Do‘stlarim ham mendan qo‘rqadi, Ko‘chada ko‘rib meni, qochib ketadi.

13 Meni unutdilar, go‘yo o‘lganman, Go‘yo singan sopol idish kabiman.

14 Eshityapman, ko‘pchilik g‘iybat qiladi, Atrofimni dahshat o‘rab olgan. Birgalikda menga qarshi fitna to‘qishadi, Meni o‘ldirmoqni niyat qilishadi.

15 Ey Egam, men Senga umid bog‘layman, “Mening Xudoyim Sensan”, deb aytaman.

16 Hayotim Sening qo‘lingdadir, G‘animlarim qo‘lidan, Payimga tushganlardan meni qutqargin.

17 Jamoling men, qulingga nurlarini sochsin, Sen sodiqsan, meni qutqargin.

18 Yo‘l qo‘yma, ey Egam, sharmanda bo‘lishimga, Madad so‘rab iltijo qildim Senga. Qabihlar sharmandayi sharmisor bo‘lsin, O‘liklar diyoriga jim kirib borsin.

19 O‘chsin ularning yolg‘onchi ovozlari, Zero, takabburlik ham nafrat bilan Ular solihga qarshi so‘ylar.

20 O, naqadar buyukdir Sening ezguliging! O‘zingdan qo‘rqqanlarga uni saqlab qo‘ygansan, Senda panoh topganlarga hadya qilasan, Hammaning ko‘z oldida in’om qilasan.

21 Huzuringda ularni himoya qilasan, Inson fitnalaridan omon saqlaysan. Ularni O‘z chodiring ostida Ig‘volardan saqlab turasan.

22 Qamalda qolgan shaharday bo‘lganimda Menga ajoyib sadoqatingni ko‘rsatganing uchun Ey Egam, Senga olqishlar bo‘lsin!

23 Vahimaga tushib men: “Ey Egam, Sening nazaringdan mahrum bo‘ldim”, degandim. Ha, madad so‘rab Senga yolvorganimda Iltijolarimni eshitding.

24 Ey Egamizning taqvodorlari, Uni seving! O‘ziga sodiq bo‘lganlarni U himoya qiladi, Takabburlarga to‘liq jazo beradi.

25 Bardam bo‘ling, dadil bo‘lsin yuragingiz, Ey siz, Egamizdan umid qilganlar!

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150