1 Ijrochilar rahbariga. “Nilufar gullar” kuyiga aytilgan. Osifning guvohligi. Sano.
2 Tingla bizni, ey Isroilning Cho‘poni,
3 Yusuf naslini qo‘y suruviday yetaklab chiqqan Sensan, Karublar o‘rtasida taxt qurgansan, Efrayim, Benyamin, Manashe oldida nuringni soch. Qudratingni ko‘rsat, bizni qutqargani kel.
4 Ey Xudo, bizni oldingi holimizga qaytargin, Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.
5 Ey Parvardigori Olam — Egamiz, Qachongacha g‘azablanib, ibodatimizni rad etasan?
6 Ko‘z yoshlar berding bizga non o‘rniga, Chelak to‘la ko‘z yoshlarni bizga ichirding.
7 Qo‘shnilar bizdan nafratlanishiga imkon berding, Dushmanlarimiz bizni masxara qilmoqda.
8 Ey Parvardigori Olam, bizni oldingi holimizga qaytargin, Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.
9 Tok novdasini sug‘urganday, Bizni Misrdan keltirding. Begona xalqlarni quvib, bizni o‘tqazding.
10 Biz uchun tuproq tayyorlading, Ildiz otib, yurtni to‘ldirdik.
11 Tog‘lar bizning soyamiz bilan qoplandi, Bahaybat sadrlar ham novdalarimiz bilan qoplandi.
12 Biz shoxlarimizni dengizgacha yoydik, Novdalarimiz Furot daryosigacha cho‘zildi.
13 Nega endi bog‘ning devorlarini buzib tashlading? O‘tgan–ketgan mevalarini yulsin debmi?
14 Yovvoyi to‘ng‘izlar uni xarob qiladi, Yovvoyi jonivorlar undan qornini to‘yg‘izadi.
15 Qayt yana bizga, ey Parvardigori Olam! Nazar solgin, qara samodan, Bu tok novdasini qo‘riqlagin.
16 O‘ng qo‘ling o‘tqazgan ildizni, O‘zing uchun kuchaytirgan shoxchani qo‘riqlagin.
17 G‘animlaring uzum tokingni qirqqan edi, Uzum tokingni olovda yondirgan edi, G‘azabli boqishingdan ular yo‘q bo‘lsin.
18 O‘zing tanlaganingga, O‘zing uchun kuchli qilgan xalqqa tayanch bo‘lgin.
19 Shunda biz hech qachon Sendan qaytmaymiz, Senga sajda qilamiz, bizga hayot ato qil.
20 Ey Parvardigori Olam — Egamiz, Bizni oldingi holimizga qaytargin, Jamoling bizga nurlarini sochsin, najot topaylik.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150