Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 131 Bob

tez o'tish:

1 Ziyorat qo‘shig‘i. Ey Egam, eslagin Dovudni, U tortgan barcha azob–uqubatlarni!

2 Ey Egam, u Senga qasam ichgandi. Ey Yoqubning qudratli Xudosi, U Senga va’da bergandi:

3 “Men aslo uyimga kirmayman, Yoki o‘rnimga yotmayman.

4 Ko‘zlarimga uyqu bermayman, Qovoqlarim yumilishiga yo‘l qo‘ymayman.

5 Egamiz uchun bir joy topmagunimcha, Yoqubning qudratli Xudosi uchun Bir maskan bo‘lmaguncha hech dam olmayman.”

6 Ahd sandig‘i Efratda, deb eshitgandik, Biz uni Yor dalalarida topib oldik.

7 “Egamizning maskaniga boraylik, Uning poyiga sajda qilaylik”, dedik.

8 Qani, kel, ey Egam, oromgohingga Qudrating ramzi bo‘lgan sandiq bilan birga.

9 Ruhoniylaring solihlikni kiysinlar, Taqvodorlaring shodlikdan kuylasinlar!

10 O‘z quling Dovudning haqi–hurmati, Tanlagan shohingni rad qilmagin.

11 Ey Egam, Sen Dovudga ont ichgan eding, Sen shu ontingdan aslo qaytmay deysan: “O‘zingdan bino bo‘lgan o‘g‘illaringdan Birini sening taxtingga o‘tqazaman.

12 Agar o‘g‘illaring Mening ahdimga rioya qilsa, Ularga o‘rgatgan amrlarimga itoat etsa, Ularning o‘g‘illari ham Shoh bo‘lib to abad sening taxtingda o‘tiradi.”

13 Ey Egam, Sen Quddusni tanlagansan, U yerni O‘zingga maskan qilishni istagansan.

14 Sen shunday deding: “Men to abad yashaydigan joy shu joydir, Bu yerda istiqomat qilishni istaganman.

15 Uning ozuqalariga mo‘l qilib baraka beraman, U yerdagi faqirlarni to‘ydiraman.

16 Ruhoniylarni najotga burkayman, Taqvodorlari shodlikdan kuylaydilar!

17 Dovudning naslini bu yerda ko‘kartiraman, O‘zim tanlagan shohning chirog‘ini o‘chirmayman.

18 Uning g‘animlarini sharmandalikka o‘rayman, Shohning boshidagi toji esa porlab turaveradi.”

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150