Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 53 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida.

2 Zifliklar Shoulning oldiga borib: “Dovud bizning oramizda yashirinib yuribdi”, deganlarida, Dovudning aytgan qasidasi.

3 Ey Xudo! Buyuk qudrating ila meni qutqargin! Kuch–quvvating ila menga adolatli hukm chiqargin!

4 Ey Xudo, eshitgin iltijoimni, Tinglagin aytganlarimni!

5 Begonalar qarshi qo‘zg‘aldi menga, Zo‘ravonlar qasd qilmoqchi jonimga, Ular Seni pisand qilmaydilar.

6 Ey Xudo, menga madad berasan, Ey Rabbiy, mening jonimni asraysan.

7 Dushmanlarimning qabihligi o‘z boshiga kelsin, Sen sodiqsan, ularni qirib tashlagin!

8 Shod bo‘lib, Senga qurbonlik keltiraman, O‘zing yaxshisan, ey Egam, Senga shukr aytaman!

9 Saqlading har qanday kulfatdan meni, Ko‘zlarim ko‘rdi dushmanlarim mag‘lubiyatini.