Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 136 Bob

tez o'tish:

1 Bobildagi daryolar bo‘yida o‘tirardik, Yig‘lab, u yerlarda Quddusni eslardik.

2 Liralarimizni o‘sha yerdagi tollarga Osib qo‘ygandik.

3 Bizni u yerda asirga olganlar: “Qo‘shiq aytib beringlar”, derdilar, Bizga zulm qilganlar ko‘ngillarini chog‘ qilgani: “Bizga Quddus qo‘shiqlaridan kuylanglar”, derdilar.

4 Qanday qilib begona yurtda Biz Egamizga qo‘shiq kuylay olardik?!

5 Ey Quddus, agar seni unutsam, O‘ng qo‘lim qurib qolsin.

6 Agar men seni eslamasam, Quddusni eng katta shodligim, deb bilmasam, Tilim tanglayimga yopishib qolsin.

7 Ey Egam, Quddus qulagan kunda Edomliklar nima qilganini yodda tutgin. Axir, ular: “Qulating, yiqiting uni! Poydevorigacha qulatib tashlang!” deb baqirgan.

8 Ey Bobil shahri! Qirg‘inga mahkum bo‘lgansan. Bizga ne qilgan bo‘lsang, o‘shani Boshingga soladiganlar baxtlidir.

9 Sening go‘daklaringni ushlab, qoyaga urib, Tilka–pora qiladiganlar baxtlidir.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150