Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 52 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. “Qayg‘u–alam” kuyiga aytilgan. Dovud qasidasi.

2 Ahmoqlar o‘z ko‘nglida: “Xudo yo‘q”, deydi. Ular buzuqlardir, qilmishi jirkanch ishlardir, Yaxshilik qiluvchi biron zot yo‘qdir.

3 “Idrokli biron zot bormikan? Bormikan Menga yuz burgan”, deya Insonga Xudo osmondan boqar.

4 Hammasi yo‘ldan ozgan, birday buzilgan, Yaxshilik qiluvchi bir kimsa yo‘qdir, Hatto bironta ham yo‘q!

5 Ular idroksiz, badkirdor, Xalqimni bir luqma nonday yeb yuboradi, Hech qachon Xudoga sajda qilmaydi.

6 Ana, bosayotir ularni qattiq vahima, Bunaqasini ilgari ko‘rmagan ular. Xudo sochib tashlar g‘animlaringning suyaklarini. Axir, Xudo rad etgan ularni! Shu bois, ey Isroil, sen ularni sharmanda qilgansan.

7 Eh, Quddusdan Isroilga najot kelsaydi! Xudo O‘z xalqini yana farovonlikka erishtirsa, Yoqub nasli shod bo‘lgay, Isroil sevingay!