1 Ijrochilar rahbariga. Egamizning quli Dovud sanosi.
2 Fosiqlarning gunohkorligi haqida Yuragimda bir bashorat bor: Gunohkor Xudodan qo‘rqmaydi.
3 O‘zining nazdida u osmonda yuradi, Xudo gunohimni ko‘rmaydi, Hukm qilmaydi, deb aytadi.
4 Og‘zidan manfur, yolg‘on so‘zlar chiqadi, Donolikdan, yaxshi ishlar qilishdan u bosh tortadi.
5 Hatto yotganda ham fosiqlikni o‘ylaydi, Gunoh yo‘lga o‘zini bag‘ishlaydi, Fosiqlikdan aslo yuz o‘girmaydi.
6 Ey Egam, sodiq sevging falaklarga yetgaydir, Ey Egam, sadoqating samolarga cho‘zilgaydir.
7 Odilliging buyuk tog‘larga o‘xshaydi, Adolating tubsiz dengizga o‘xshaydi, Ey Egam, insonu jonivorlarni Sen saqlagaysan.
8 Sodiq sevging, ey Xudo, naqadar bebahodir! Qanotlaring soyasida insonlar panoh topadi.
9 Ular uyingdagi ne’matlardan yeb to‘yadi, Lazzat to‘la daryongdan ularga ichirasan.
10 Hayotning bulog‘i Sendadir, Ziyo olurmiz Sening nuringdan.
11 Seni bilganlarga sodiq sevgingni ko‘rsat, Yuragi soflarga O‘zing najot bergin.
12 Takabburning oyog‘i meni ezmasin, Fosiqning qo‘llari meni haydamasin.
13 Ana, badkirdorlar ag‘anab yotibdi, Qaddini ko‘tara olmay, yerga qapishib yotibdi.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150