Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 91 Bob

tez o'tish:

1 Sano. Shabbat kuni aytilgan qo‘shiq.

2 Ey Egam, Senga shukr aytmoq yaxshidir, Ey Xudoyi Taolo, Senga hamdu sano kuylamoq yaxshidir.

3 E’lon qilmoq yaxshidir subhda sodiq sevgingni, E’lon qilmoq yaxshidir kechalari sadoqatingni.

4 Yaxshidir aytmoq bularni musiqa chalib O‘n torli asbobda, lirada, arfa jo‘rligida!

5 Ey Egam, qudratli ishlaringdan men shodman, Qilgan ishlaringdan xursand bo‘lib kuylayman.

6 Ey Egam, ishlaring naqadar buyukdir! O‘ylaring juda ham terandir!

7 Aqlsiz kimsa buni bila olmaydi, Ahmoq kimsa buni tushuna olmaydi:

8 Garchi fosiqlar maysa kabi unib chiqsa ham, Badkirdorlar gullab–yashnasa ham, Ular to abad yo‘q bo‘ladi.

9 Sen–chi, ey Egam, to abad ulug‘vorsan.

10 Ey Egam, dushmanlaring albatta yo‘q bo‘ladi, Ular shubhasiz halok bo‘ladi. Badkirdorlar hammasi tarqalib ketadi.

11 Meni yovvoyi buqaday kuchli qilding, Qudrating bilan menga qaytadan kuch ato qilding.

12 Dushmanlarim mag‘lubiyatin ko‘zlarim ko‘rdi, Badkirdorlar zavolin quloqlarim eshitdi.

13 Solihlar palma daraxtiday gullab–yashnaydi, Lubnondagi sadr daraxtiday yuksaladi.

14 Ular Egamizning uyiga o‘tqazilgan, Xudoyimizning hovlisida ular yashnaydi.

15 Keksalikda ham hamon hosil beradi, Yam–yashil, navqiron bo‘lib turaveradi.

16 Ular birgalikda shunday deb e’lon qiladi: “Egamiz odildir! U mening suyangan qoyamdir, Unda nohaqlik yo‘qdir.”

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150