Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 20 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Ey Egam! Sening qudrating tufayli shoh quvonadi, Sen bergan zafarlardan u naqadar lazzatlanar!

3 Ko‘nglidagi istaklarini ro‘yobga chiqarding, Uning tilaklarini rad qilmading.

4 Ulug‘ barakani unga ato qilding, Uning boshiga sof oltin toj kiygizding.

5 Sendan umr so‘raganda, umr berding, Uzoq hamda boqiy umr baxsh etding.

6 Shohning shuhrati Sen bergan zafarlar tufayli ulug‘dir, Unga dabdaba, ulug‘vorlik ato qilgan Sensan.

7 Sen to abad unga baraka berasan, Unga juda yaqin bo‘lib, Uni shodlikka to‘ldirasan.

8 Egamizga shohimiz umid bog‘laydi, Xudoyi Taoloning sodiq sevgisi tufayli U hech qachon qoqilmaydi.

9 Ey shohimiz, qo‘ling barcha dushmanlaringni mag‘lub qiladi, Ha, o‘ng qo‘ling sendan nafratlanganlarni mag‘lub qiladi.

10 Sen zohir bo‘lganing zamon Qizigan tandirday ularni yondirasan. Egamiz O‘z g‘azabi bilan ularni yutib yuboradi, Alanga ularni yondirib tashlaydi.

11 Ey shohimiz, ularning naslini Yer yuzidan qirib tashlaysan, Zurriyotini insoniyat orasidan yo‘qotasan.

12 Dushmanlaring senga qarshi yomonlikni reja qilsalar, Ular senga qarshi fitna qo‘zg‘asalar, Hech narsaga erisha olmaydilar.

13 Kamoningdan ularga o‘qlar otasan, Ortiga qochishga majbur qilasan.

14 O‘z qudrating tufayli yuksalaver, ey Egam, Qudratingni kuylab, hamdu sano aytamiz.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150