Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 46 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Ko‘rax naslining sanosi.

2 Ey xalqlar! Hammangiz qarsak chaling, Sevinch hayqiriqlari ila Xudoni kuylang!

3 Qo‘rqinchlidir Xudoyi Taolo — Egamiz, Butun yer yuzida Udir ulug‘ shohimiz.

4 U bizga itoat ettirdi xalqlarni, Oyog‘imiz ostiga tashladi uluslarni.

5 O‘zi suygan Yoqubning faxrli mulkini Egamiz biz uchun yurt qilib tanladi.

6 Shodlik hayqiriqlari ostida Xudo taxtga chiqdi, Karnay sadosi ostida Egamiz taxtiga o‘tirdi.

7 Hamdu sano kuylang Xudoga, madhlar kuylang! Ha, Shohimizga madhlar kuylang! Hamdu sano kuylang!

8 Butun yer yuzining shohidir Xudo, Unga ajoyib hamdu sano kuylang!

9 Jamiki uluslarning shohidir Xudo, Muqaddas taxtida o‘tiribdi Xudo!

10 Ibrohim Xudosining xalqi bilan birga To‘planarlar xalqlarning hukmdorlari. Zaminning shohlari — Xudoniki, G‘oyat baland yuksalgandir U.