1 Nega quturadi xalqlar?! Nega behuda fitna qiladi elatlar?!
2 Zamin shohlari Egamizga, Va U tanlagan shohga qarshi saf tortadilar. Hukmdorlar fitna qo‘zg‘ab, shunday deydilar:
3 “Sindiraylik ular solgan kishanlarni, Olib tashlaylik bo‘ynimizdan sirtmoqlarni.”
4 Osmonda hukmron bo‘lgan Rabbiy esa Ularni masxaralab, ustidan kuladi.
5 Rabbiy g‘azab bilan ularni ogoh etadi, Qahrini sochib, vahimaga solib aytadi:
6 “Men Sionga, O‘zimning muqaddas tepaligimga O‘zimning shohimni joylashtirdim.”
7 Egamizning so‘zlarini shoh e’lon qilmoqda: “Egamiz menga shunday dedi: ‘Sen Mening o‘g‘limsan, Bugun Men senga Ota bo‘ldim.
8 Tila, xalqlarni senga mulk qilib beraman, Yerning to‘rt tomoni seniki bo‘ladi.
9 Temir xivchin ila ularni urib ezasan, Sopol ko‘zani sindirganday ularni parchalaysan.’”
10 Ey shohlar! Endi aql bilan ish qiling. Ey zamin hukmdorlari! Ogoh bo‘ling.
11 Qo‘rquv ila Egamizga sajda qiling! Vahima ila tavba qiling!
12 Uning o‘g‘liga ta’zim qiling, Bo‘lmasa U g‘azablanadi, Yo‘lingizda yo‘q bo‘lib ketasiz, Uning g‘azabi tez alanga oladi. Naqadar baxtlidir Unda panoh topganlar!
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150