Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 60 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Torli asboblar jo‘rligida. Dovud sanosi.

2 Eshitgin, ey Xudo, ohu nolamni, Tinglagin mening ibodatimni.

3 Yerning u chetidan Senga yolvoraman, Yuragim qon bo‘lganda, Seni chaqiraman. Yetib bo‘lmas baland qoyaga meni olib chiqqin.

4 Sen mening panohim bo‘lgandirsan, Dushmanimga qarshi mustahkam minorasan.

5 Chodiringda to abad maskan qilay, Qanotlaring soyasida panoh topay.

6 Axir, ey Xudo, ontimni eshitgansan, Nomingdan qo‘rqqanlarning mulkidan menga ato qilgansan.

7 Shohning umrini uzaytirgin, Nasllar osha hayotini davom ettirgin.

8 Ey Xudo, u to abad huzuringda taxtda o‘tirsin, Sodiq sevging, sadoqating ila uni himoya qilgin.

9 Shunda senga har doim hamdu sano kuylayman, Bergan ontimni har kuni ado etaman.