Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 82 Bob

tez o'tish:

1 Osifning sanosi. Qo‘shiq.

2 Ey Xudo, sukut saqlamagin, Jimjit bo‘lma, ey Xudo, jim turmagin.

3 Dushmanlaring shovqin–suron solmoqda, G‘animlaring isyon qilmoqda.

4 Ayyorlik bilan ular xalqingga fitna qiladi, Sen ardoqlaganlarga qarshi qasd qiladi.

5 Ular aytar: “Qani, o‘sha xalqning ildizini quritaylik, To abad unutilsin Isroilning nomi.”

6 -

7 Edomliklar va Ismoil avlodlari, Mo‘abliklar va Hojar nasllari,

8 Gabol, Ommon va Omolek xalqlari, Tir xalqi bilan Filistiya Yakdil bo‘lib fitna qiladi, Senga qarshi ittifoq tuzadi.

9 Lut nasli bilan ittifoq tuzib, Ossuriya ham ularga qo‘shilgandi.

10 Ularni Midiyonlarni jazolaganingday jazola, Xishon soyligida Sisaro, Yobinni qirganingday jazola.

11 Ular Endo‘rda halok bo‘lgandilar, Yerga tashlangan go‘ngday bo‘lgandilar.

12 Oriv va Zayovday qilib, ularning yo‘lboshchilarini o‘ldir, Barcha shahzodalarini Zevax va Zalmunoday qilgin.

13 Axir, ular: “Xudoning o‘tloqlarini O‘zimizniki qilib olaylik”, dedilar.

14 Ey Xudoyim, ularni xazonday sovurgin, Shamoldagi somonday ularni uchirgin.

15 O‘rmonni alanga yondirganday,

16 Ularni bo‘ronlaring ila ta’qib qil. Tepaliklarni olov bilan kuydirganday Ularni dovullaring ila dahshatga sol.

17 Yuzlarini sharmandalikdan qizartir, Toki ular, ey Egam, Senga intilsin.

18 Ular doim sharmanda bo‘lib, qo‘rquvga tushsin, Badnom bo‘lib, yo‘q bo‘lib ketsin.

19 Ular bilsin yolg‘iz Sen Egamiz ekaningni, Sen yer yuzida buyuk hukmdor ekaningni.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150