Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 121 Bob

tez o'tish:

1 Dovudning ziyorat qo‘shig‘i. “Egamizning uyiga boraylik”, deb Menga aytganlarida shod bo‘ldim.

2 Mana turibmiz, ey Quddus, Darvozalaring ichkarisida.

3 Quddus yaxshi qurilgan shahardir, Devorlari bir–biriga tutashtirib solingandir.

4 Isroil xalqiga berilgan qonunga ko‘ra, Qabilalar u yerga chiqib borarlar! Ha, Egamizning qabilalari Unga shukr aytmoq uchun chiqib borarlar!

5 U yerda hukm taxtlari o‘rnashgan, Ha, Dovud xonadonining taxtlari U yerda joylashgan.

6 Duo qiling Quddusning tinchligi uchun: “Uni sevganlar huzur–halovat topsin.

7 Devorlari ichida tinchlik bo‘lsin, Qal’alari bexatar bo‘lsin.”

8 Qarindoshlarim, do‘stlarim haqi–hurmati, Quddusga tinchlik bo‘lsin, deya aytaman.

9 EgamizXudoning uyi haqi–hurmati Quddusning iqbolini izlayman.