Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 120 Bob

tez o'tish:

1 Ziyorat qo‘shig‘i. Tog‘larga tikaman ko‘zlarimni, Qayerdan kelar madad menga?

2 Yeru osmonni yaratgan Egamdan kelar madad menga.

3 Qoqilishingga U yo‘l qo‘ymas, U Posboningdir, aslo mudramas.

4 Ha, Isroilning Posbonidir U, Mudramaydi, uxlamaydi U.

5 Egamizdir sening posboning, Egamizdir yoningdagi soyang sening.

6 Kunduzi oftob seni urmas, Kechasi oy senga zarar bermas.

7 Egamiz seni barcha zarardan asraydi, Joningni Egamiz saqlaydi.

8 Hozir va to abad qayerga borsang ham, Egamiz seni doim asraydi.