Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 99 Bob

tez o'tish:

1 Shukronalik sanosi. Ey zamin ahli, Egamizga shodlik ila hayqiring,

2 Xursand bo‘lib Egamizga sajdalar qiling, Shodlanib, qo‘shiq aytib, Uning huzuriga keling.

3 Bilingki, Egamiz Xudodir, Bizni yaratgan Udir, biz Unikimiz. Biz uning xalqimiz, yaylovidagi qo‘ylarimiz.

4 Shukrona aytib, darvozalaridan kiring, Hamdu sano aytib, hovlilariga kiring. Shukrona aytib, Uning nomini olqishlang!

5 Egamiz yaxshidir, Uning sodiq sevgisi abadiy davom etadi, Sadoqati esa barcha nasllarga o‘tadi.