Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 19 Bob

tez o'tish:

1 Ijrochilar rahbariga. Dovud sanosi.

2 Kulfatda qolganingda, Egamiz javob bersin, Bobomiz Yoqubning Xudosi seni tinch–omon saqlasin.

3 Muqaddas maskanidan U senga madad yuborsin, Quddusdan U senga tayanch bo‘lsin.

4 U sening hamma nazrlaringni yodda tutsin, Kuydirilgan qurbonliklaringni qabul etsin.

5 Ko‘ngling istaganini Egamiz senga in’om qilsin, Hamma rejalaringni ro‘yobga chiqarsin.

6 Shunda biz zafaringni sevinch ila kuylaymiz, Xudoyimiz nomi bilan bayroqlar o‘rnatamiz, Hamma iltijolaringni Egamiz ro‘yobga chiqarsin.

7 Bilaman, Egamiz O‘zi tanlagan shohga najot beradi, Egamiz muqaddas samosidan unga javob beradi, Egamiz o‘ng qo‘li bilan unga buyuk g‘alaba ato qiladi.

8 Ba’zilar jang aravalariga ishonadi, Ba’zilar otlari bilan maqtanadi, Biz esa Egamiz Xudoga ishonamiz.

9 Ular holsizlanib yiqiladilar, Biz esa kuchayib qad rostlaymiz.

10 Ey Egam, shohimizga ato qilgin g‘alaba, Iltijo qilganimizda, javob bergin bizga.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150