1 Dovud sanosi. Eshitgin, ey Egam, ibodatlarimni, Sen sodiqsan, yolvorishlarimga quloq sol, Sen odilsan, javob ber.
2 Men, O‘z qulingni hukm qilmagin, Huzuringda hech kim solih emas.
3 Dushmanlar meni ta’qib qilgan, Mening tanamni tuproqqa qorgan, Azalda olamdan o‘tganlar kabi Meni zulmatda yashashga majbur qilar.
4 Shu bois ichimda ruhim so‘lgan, Yuragim qo‘rquvdan uvishib qolgan.
5 Men oldingi kunlarni eslayman, Sening hamma ishlaring haqida o‘ylayman, Qo‘llaring ijodini xayolimga keltiraman.
6 Qo‘llarimni Senga ibodat uchun ochaman, Qaqragan yer kabi jonim Senga tashna.
7 Ey Egam, menga tez javob ber, Ruhim tushib ketmoqda, Yuzlaringni mendan yashirmagin, Toki qabrga kirganlarday bo‘lib qolmay.
8 Saharda sodiq sevgingni menga bildirgin, Umidimni Senga bog‘layman. Yuradigan yo‘limni O‘zing ko‘rsatgin, Yuragimni Senga ochaman.
9 Ey Egam, meni g‘animlarimdan qutqar, Panoh istab Senga qochib borganman.
10 Sening xohishingni qilmoqqa meni o‘rgat, Sen Xudoyimsan, Sening ezgu Ruhing Meni tekis so‘qmoqdan yetaklab borsin.
11 Ey Egam, O‘z noming haqi meni saqlagin, Adolating bilan meni kulfatdan qutqargin.
12 Sodiq sevging haqi qirgin g‘animlarimni, Yo‘q qilib tashlagin hamma dushmanlarimni, Axir, men Sening qulingman–ku.
Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150