Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 126 Bob

tez o'tish:

1 Sulaymonning ziyorat qo‘shig‘i. Agarda uyni Egamiz qurmasa, Quruvchilarning ishi bekor bo‘ladi. Agar Egamiz shaharni qo‘riqlamasa, Qorovul behuda poyloqchilik qiladi.

2 Erta turib, kech yotganingiz ham, Ovqat topay, deb tortgan mashaqqatingiz ham bekor. Egamiz O‘z sevganlarining ehtiyojini Uyqularida ham qondiradi.

3 O‘g‘illar Egamizdan merosdir, Farzandlar Undan mukofotdir.

4 Yoshligingizda tug‘ilgan o‘g‘illaringiz Jangchining qo‘lidagi o‘qlardaydir.

5 O‘qdoni to‘la shunday inson baxtlidir! Shahar darvozasi oldida Dushmani bilan da’volashganda, U sharmanda bo‘lib qolmaydi.