Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 24 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Yuragimni ochaman Senga, ey Egam!

2 Senga umid bog‘layman, ey Xudoyim! Sharmanda bo‘lishimga yo‘l qo‘ymagin, Dushmanlarim mendan ustun kelmasin.

3 Senga ishonganlar aslo bo‘lmasin sharmanda. Sharmandalik kelsin Senga asossiz xiyonat qilganlarning boshiga.

4 Ey Egam, yo‘llaringni menga ko‘rsat, So‘qmoqlaringni menga o‘rgat.

5 Haqiqating yo‘lidan meni boshlab o‘rgatgin, Najotkorim Xudo O‘zingsan, Kun bo‘yi Sendan umid qilaman.

6 Yodingda tut, ey Egam, buyuk shafqatingni Ham sevgida sodiqligingni. Axir, azaldan Sen shunday qilgansan.

7 Esga olma yoshlikdagi gunohlarimni Hamda qilgan itoatsizliklarimni. Sodiq sevging haqi yodga ol meni, Axir, Sen yaxshisan, ey Egam!

8 Egamiz yaxshi, adolatlidir! U gunohkorlarga yo‘l–yo‘riq ko‘rsatadi.

9 U kamtarni to‘g‘rilikka boshlaydi, Kamtarin insonni O‘z yo‘liga o‘rgatadi.

10 Egamiz qilgan har ishi orqali Uning ahdiga rioya qilganlarga Sodiq sevgisini ko‘rsatadi.

11 Mening ayblarim ko‘p. Ey Egam, O‘z noming haqi Ayblarimni kechirgin.

12 Agarda inson Egamizdan qo‘rqsa, U tanlaydigan yo‘lni Egamiz o‘rgatadi.

13 O‘sha inson umrini farovonlikda o‘tkazadi, Uning nasli yurtni mulk qilib oladi.

14 Egamiz Undan qo‘rqadiganlarga O‘z niyatlarini ishonib bildiradi, O‘z ahdini ularga ma’lum qiladi.

15 Nigohim doimo Egam tomondadir, U oyoqlarimni tuzoqdan xalos qiladi.

16 Ey Egam, holimga boq, mehribonlik qil. Men yolg‘izman, tushkunlikka tushganman.

17 Yurakdagi g‘amlarim ortib bormoqda, Shu kulfatdan meni qutqargin.

18 Kulfatu g‘amlarimni ko‘rib, Barcha gunohlarimdan o‘tgin.

19 Qara, dushmanlarim naqadar ko‘p, Mendan qattiq nafrat qilarlar.

20 Hayotimni asra, qutqargin meni, Sharmandali ahvolga solmagin meni, Zotan, Senda panoh topaman men.

21 Haqqoniylik, to‘g‘rilik saqlasin meni, Zotan, Sendan umid qilaman men.

22 Ey Xudo, qutqargin Isroilni Jamiki kulfatlaridan!

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150