Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 123 Bob

tez o'tish:

1 Dovudning ziyorat qo‘shig‘i. Endi Isroil shunday desin: “Egamiz biz tomonda bo‘lmasa edi,

2 Ha, Egamiz biz tomonda bo‘lmasa edi, G‘animlarimiz bizga hujum qilganda,

3 Ular bizga g‘azabini sochganda, Bizni tiriklayin yutgan bo‘lardi.

4 To‘fon bizni girdobiga tortgan bo‘lardi, Sel bizni bosib olgan bo‘lardi.

5 Pishqirgan suvlar ustimizdan bosgan bo‘lardi.”

6 Egamizga olqishlar bo‘lsin, Yirtqich tishlarga bizni o‘lja qilib qo‘ymadi.

7 Biz ovchining tuzog‘idan qutulgan Qushlarga o‘xshaymiz. Tuzoq sinib, biz qutuldik.

8 Yeru osmonni yaratgan Egamizdan Bizga madad keladi.