Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 137 Bob

tez o'tish:

1 Dovud sanosi. Ey Egam, chin dildan Senga shukrona aytaman, Farishtalar oldida Sening madhingni kuylayman.

2 MuqaddasMa’bading oldida sajda qilaman, Sodiq sevging, sadoqating uchun O‘zingga shukrona aytaman, Nomingni ham, so‘zingni ham har narsadan yuqori qo‘ygansan.

3 Chaqirganimda, menga javob bergansan, Qudrating bilan meni jasur qilgansan.

4 Ey Egam, zamin shohlari Senga shukr aytadi, Og‘zingdan chiqqan so‘zlarni ular eshitganlar.

5 Ey Egam, qilganlaringni ular kuylasinlar! Sening shuhrating buyukdir!

6 Garchi Sen yuksak bo‘lsang–da, xor bo‘lganlarga boqasan, Kiborlarni Sen uzoqdan ham bilasan.

7 Kulfatda yursam ham, dushmanlarim g‘azabidan saqlaysan, O‘ng qo‘lingni uzatib, meni qutqarasan.

8 Ey Egam, men uchun qasos olasan. Sodiq sevging to abad davom etar, O‘zing yaratganlarni tark etmagin.