Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 112 Bob

tez o'tish:

1 Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin! Hamdu sano ayting, ey Egamizning qullari, Hamdu sanolar bo‘lsin Egamizning nomiga!

2 Egamiz nomiga hozir ham, Abadulabad olqishlar bo‘lsin.

3 Sharqdan g‘arbga qadar Egamizning nomiga olqishlar bo‘lsin!

4 Egamiz barcha xalqlar ustidan yuksalgan, Uning shuhrati samolardan ham buyukdir.

5 Egamiz Xudoga kim o‘xshaydi?! U yuksakda taxt qurgan.

6 U samoga, yer yuziga egilib, qaraydi.

7 Tuproqqa qorilgan bechorahollarni U ko‘taradi, Faqirlarni axlat uyumidan olib, yuksaltiradi.

8 Ularga shahzodalar yonidan joy beradi, O‘z xalqining shahzodalari bilan birga o‘tqazadi.

9 Befarzand ayolni o‘z uyida U sharaflaydi, Unga farzand ato etib, baxtiyor qiladi. Egamizga hamdu sanolar bo‘lsin!