Zabur | Muqaddas Kitob Online - o'qish va o'rganish
Menyu

Zabur 71 Bob

tez o'tish:

1 Sulaymon sanosi. Ey Xudo, shohga adolatingni bergin, Shoh o‘g‘liga to‘g‘ri hukm chiqarishni o‘rgatgin.

2 Sening xalqingni u adolat ila hukm etsin, Bechoralarni u to‘g‘rilik bilan hukm etsin.

3 Tog‘lar xalqqa rohat–farog‘at olib kelsin, Tepaliklar haqiqat samarasini keltirsin.

4 Shoh xalqning qashshoqlarini himoya qilsin, Bechoralarning bolalariga najot bersin, Zolimlarni ezib tashlasin.

5 Nasllar osha quyoshu oy samoda turganday, Uning umri ham shunchalik uzoq bo‘lsin!

6 Shohimiz o‘xshasin o‘rilgan dalaga, Yoqqan huzurbaxsh yomg‘irga, Yerni sug‘organ sharros yomg‘irga.

7 Uning davrida solih yashnasin, Dunyo turguncha mo‘l–ko‘lchilik bo‘lsin.

8 U bir dengizdan ikkinchisiga qadar, Furot daryosidan tortib, Yer yuzining to‘rt tomoniga hukmronlik qiladi.

9 Shoh oldida cho‘l qabilalari tiz cho‘ksin, Uning dushmanlari tuproq yalasin.

10 Dengiz ortidagi yurtlarning shohlari, Tarshish shohlari unga o‘lpon olib kelsinlar. Shava hamda Savo shohlari Unga hadyalar keltirsinlar.

11 Hamma shohlar unga ta’zim aylasin, Hamma xalqlar unga xizmat qilsin.

12 Mazlum nola qilganda, shoh najot beradi, Madadkori yo‘q bechorani u qutqaradi.

13 Zaif, bechoraga u shafqat ko‘rsatadi, Mazlumlarning hayotini saqlaydi.

14 Mazlumlarni jabr–zulmdan xalos qiladi, Mazlumlar qoni uning nazarida azizdir.

15 Shohning umri uzoq bo‘lsin! Shavaning oltini uniki bo‘lsin, Xalq doimo u uchun ibodat qilsin, Kun bo‘yi duo qilib, uni olqasin.

16 Yurtda don mo‘l–ko‘l bo‘lsin, Tepaliklar ustida don boshoqlari chayqalib tursin. Lubnon tog‘larida bo‘lgani kabi hosili unumli bo‘lsin. Daladagi giyohlar kabi shaharlari odamga to‘lsin.

17 Shohning nomi mangu yashasin, Uning dong‘i quyosh turguncha bor bo‘lsin, Barcha xalqlar u orqali baraka topsin, Xalqlar uni: “baxtiyor”, deb aytsin.

18 Isroil xalqining Xudosi — Egamizga Olqishlar bo‘lsin. Ajoyib ishlar qiladigan yolg‘iz Udir.

19 Egamizning ulug‘vor nomiga to abad olqishlar bo‘lsin, Butun yer yuzi Uning shuhrati bilan to‘lsin. Omin! Omin!

20 Essay o‘g‘li Dovudning ibodatlari nihoyasiga yetdi.

Boblar: 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 113 114 115 116 117 118 119 120 121 122 123 124 125 126 127 128 129 130 131 132 133 134 135 136 137 138 139 140 141 142 143 144 145 146 147 148 149 150